Umalife Woman
Nozik mavzudagi mahsulot uchun lid sahifasi: mijoz o‘z holatini tanlaydi, sahifa uni baholaydi va faqat tayyor murojaat menejerga boradi. Men yo‘nalishi bilan bitta CRM da ishlaydi.
Vazifa
Mavzu nozik: mijoz muammosini ochiq yozishdan tortinadi, menejer esa nima kerakligini bilmasdan qo‘ng‘iroq qiladi. Suhbat noqulay boshlanardi va murojaatlarning bir qismi shu yerda yo‘qolardi.
Nima qildik
- Lid sahifasi my.umalifemen.uz — muammo va holat bo‘yicha tanlov, ochiq savolsiz
- Lidni baholash mantiqi: har bir javob ballanadi, menejer murojaat qanchalik issiqligini oldindan ko‘radi
- Mahsulot va tarkib bo‘yicha tushuntirish bloklari — savollar soni kamayadi
- n8n avtomatlashtirish: lid darhol Telegramga va CRM ga tushadi
- Instagram va Telegram AI-agentlari — 24/7 javob va lid yig‘ish
- Men yo‘nalishi bilan umumiy CRM: ikkala yo‘nalish bitta tizimda ko‘rinadi
- Meta reklamasi va kreativ sinovlari
Natija
- 24/7murojaat javobsiz qolmaydi — AI-agent ushlab qoladi
- 1tizim ikkala yo‘nalishga: Men va Woman bitta CRM da
- 0noqulay savol: mijoz tanlaydi, yozib o‘tirmaydi
Menejer endi mijozning holatini oldindan bilib qo‘ng‘iroq qiladi. Ikkala yo‘nalish bitta tizimda bo‘lgani uchun egasi umumiy manzarani ham, har bir yo‘nalishni alohida ham ko‘radi.
Loyihada ishlatilgan xizmatlar
Boshqa ishlar
Umalife Men
Ijaraga olingan CRM da kuniga ~44 lid qo‘lda kiritilardi va 3 883 ta bitim harakatsiz muzlab qolgandi. Yangi yo‘nalish uchun CRM platformasini noldan qurdik, sayt va AI-agentlarni ulab, reklamani ham o‘z zimmamizga oldik.
Shakhin Group
Toshkentdagi 20 ta turar-joy majmuasi bitta xaritada. Uch tilli sayt, tuman bo‘yicha filtr, sotuv bo‘limi uchun alohida CRM va Telegram agenti.
Sabina Academy
O‘quv markaz uchun to‘liq tizim: sayt, CRM, kontent platformasi va Instagram hamda Telegramda 24/7 javob beradigan AI-agentlar.
Bepul marketing audit
Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.