Web-saytlar
Sayt — vizitka emas, sotuv quroli. Uning yagona vazifasi: kelgan odamni arizaga olib borish va uni yo‘qotmaslik.
Bu tanish bo‘lsa
- Sayt bor, lekin undan ariza kelmaydi
- Telefonda ochilishi qiyin, sekin yuklanadi
- Google’da topilmaydi
- Arizalar pochtaga tushadi va u yerda yo‘qoladi
Ishga nima kiradi
- Struktura va prototip — qaysi blok nima uchun turadi
- Sotuvga yozilgan matnlar (o‘zbek va rus tilida)
- Brend uslubidagi dizayn, mobil versiya birinchi navbatda
- Texnik SEO: sarlavhalar, meta, sitemap, robots, mikroformat
- Tezlik: 90+ PageSpeed maqsad qilinadi
- Ariza formasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri CRM va Telegramga ulanadi
- Analitika: Yandex.Metrika va Google Analytics, maqsadlar sozlangan
- Domen, hosting va SSL sozlash
Qanday olib boramiz
-
01
Struktura
Bloklar ketma-ketligi va har birining vazifasi kelishiladi.
-
02
Matn va dizayn
Avval matn, keyin dizayn — teskarisi emas.
-
03
Dasturlash
Tezlik, mobil versiya, formalar va analitika.
-
04
Ishga tushirish
Domen, SSL, tekshiruv, qidiruv tizimlariga qo‘shish.
Natija — ishlaydigan sayt va uning ortida turgan tizim: har bir ariza CRM ga tushadi, har bir tashrif analitikada ko‘rinadi.
Shu yo‘nalishdagi ishlar
Umalife Men
Ijaraga olingan CRM da kuniga ~44 lid qo‘lda kiritilardi va 3 883 ta bitim harakatsiz muzlab qolgandi. Yangi yo‘nalish uchun CRM platformasini noldan qurdik, sayt va AI-agentlarni ulab, reklamani ham o‘z zimmamizga oldik.
Sabina Academy
O‘quv markaz uchun to‘liq tizim: sayt, CRM, kontent platformasi va Instagram hamda Telegramda 24/7 javob beradigan AI-agentlar.
Savol-javob
Qancha vaqt oladi?
Landing — 2–3 hafta. Ko‘p sahifali sayt — 4–8 hafta, hajmiga qarab.
Saytni o‘zim tahrirlay olamanmi?
Ha. Matn va rasm o‘zgartiriladigan bo‘limlar uchun boshqaruv panelini beramiz.
Ikki tilda bo‘ladimi?
Ha, o‘zbek va rus tili odatiy. Ingliz tili — qo‘shimcha.
Bepul marketing audit
Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.