Avtomatlashtirish va AI
Mijoz kechqurun yozadi, javob ertalab keladi — lid allaqachon raqobatchida. AI shu bo‘shliqni yopadi.
Bu tanish bo‘lsa
- DM va Telegramga tunda va dam olish kunlari javob berilmaydi
- Menejer bir xil savolga kuniga o‘nlab marta javob yozadi
- Lidni CRM ga kiritish qo‘lda qilinadi va unutiladi
- Hisobot yig‘ish har hafta bir necha soat oladi
Ishga nima kiradi
- AI chatbot: Instagram Direct, Telegram va sayt uchun
- Biznesingiz bo‘yicha bilim bazasi — bot faqat haqiqatni gapiradi
- Ikki tilda javob: o‘zbek va rus
- Suhbatdan lidni yig‘ish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri CRM ga yozish
- Murakkab savolda odamga uzatish va Telegramga xabar
- n8n stsenariylari: hisobotlar, eslatmalar, tizimlararo integratsiya
- Oylik nazorat: bot nima deganini o‘qiymiz va yaxshilaymiz
Qanday olib boramiz
-
01
Bilim bazasi
Xizmatlar, narxlar, savol-javoblar bir hujjatga yig‘iladi.
-
02
Bot sozlash
Ovoz, chegaralar va lid yig‘ish stsenariysi yoziladi.
-
03
Ulash
Instagram, Telegram, sayt va CRM bir-biriga bog‘lanadi.
-
04
Kuzatuv
Birinchi hafta har bir suhbat o‘qiladi va tuzatiladi.
Natija — tunda kelgan savol javobsiz qolmaydi, lid ertalabgacha CRM da turadi, menejer faqat tayyor mijoz bilan gaplashadi.
Shu yo‘nalishdagi ishlar
Sabina Academy
O‘quv markaz uchun to‘liq tizim: sayt, CRM, kontent platformasi va Instagram hamda Telegramda 24/7 javob beradigan AI-agentlar.
Umalife Men
Ijaraga olingan CRM da kuniga ~44 lid qo‘lda kiritilardi va 3 883 ta bitim harakatsiz muzlab qolgandi. Yangi yo‘nalish uchun CRM platformasini noldan qurdik, sayt va AI-agentlarni ulab, reklamani ham o‘z zimmamizga oldik.
Savol-javob
Bot noto‘g‘ri gapirib qo‘ymaydimi?
Bot faqat siz tasdiqlagan bilim bazasidan javob beradi. Bilmagan savolda o‘ylab topmaydi — odamga uzatadi.
Bu qimmatga tushmaydimi?
AI so‘rovlari juda arzon: odatdagi biznes uchun oyiga bir necha dollar. Asosiy xarajat — bir martalik sozlash.
Bizning saytda ham shundaymi?
Ha, shu saytdagi chat — aynan o‘sha yechim. Sinab ko‘ring, o‘ng pastdagi tugma.
Bepul marketing audit
Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.