Biz haqimizda

Biz shunchaki «Instagram yuritib bermaymiz». Biz biznesning lid kelishidan mijozga aylanishigacha bo‘lgan butun yo‘lini quramiz.

  • 2022yildan beri ishlaymiz
  • 20 000 $boshqarilgan reklama byudjeti
  • 6yo'nalish bitta jamoada
  • 24/7AI agentlar javob beradi

Missiya

Chirchiq va O‘zbekistondagi biznes egalarini tasodifiy, natijasiz marketingdan xalos qilish. Har bir biznesga tizimli ishlaydigan, o‘lchanadigan va real foyda keltiradigan marketing qurib berish.

Nega bunday ishlaymiz

4 yil oldin SMM’ga «keraksiz xarajat» deb qaralardi — bugun birorta biznesni SMM’siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugun xuddi shunday munosabat tizimlashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan. Keyingi 1–2 yilda esa tizimsiz biznes raqobatda qololmaydi. Bu xatolarni biz ham qilganmiz va o‘z pulimizni havoga sarflaganmiz — mijozlarimiz shu yo‘lni qayta bosib o‘tmasligi uchun ishlaymiz.

Ish tamoyillari

  • Maqtanmaymiz — ko‘rsatamiz

    Har bir gap raqam yoki hujjat bilan tasdiqlanadi.

  • Yomon xabarni birinchi aytamiz

    Ishlamayotgan narsani yashirmaymiz, to‘xtatib boshqasini sinaymiz.

  • Hujjat sizniki

    Strategiya, brendbook, TZ va manba fayllar mijozga topshiriladi.

  • Kalit bizda qolmaydi

    Reklama kabineti, domen va CRM sizning nomingizda bo‘ladi.

Jamoa

Marketing va grafik dizayn, kontent va mobilografiya, targeting, dasturlash va avtomatlashtirish — beshta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar. Loyihani boshidan oxirigacha bitta menejer olib boradi.

Bepul marketing audit

Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Qo‘ng‘iroq Bepul audit