Brending va dizayn
Odam avval ko‘radi, keyin o‘qiydi, oxirida qaror qiladi. Zaif vizual bilan yaxshi mahsulotni ham qimmat sotib bo‘lmaydi.
Bu tanish bo‘lsa
- Brend esda qolmaydi, raqobatchilardan ajralmaydi
- Har bir post har xil uslubda — akkaunt tarqoq ko‘rinadi
- Premium narx qo‘ymoqchisiz, lekin vizual «arzon» ko‘rinadi
- Dizayner ketsa, brend uslubi ham u bilan ketadi — hujjat yo‘q
Ishga nima kiradi
- Logo: 2–3 yo‘nalish, tanlangani to‘liq ishlab chiqiladi
- Rang palitrasi, shriftlar, gradient va grafik elementlar tizimi
- Brendbook — qanday ishlatish qoidalari bilan (PDF)
- Ijtimoiy tarmoq shablonlari: post, karusel, story, avatar, muqova
- Reklama kreativlari va bannerlar
- Bosma mahsulot: vizitka, blank, konvert, taqdimot shabloni
- Barcha manba fayllari sizga topshiriladi
Qanday olib boramiz
-
01
Brend brifi
Kim uchun, nima va’da qilasiz, kimdan farq qilishingiz kerak.
-
02
Yo‘nalishlar
2–3 vizual yo‘nalish ko‘rsatiladi, birini tanlaysiz.
-
03
Ishlab chiqish
Tanlangan yo‘nalish tizimga aylantiriladi.
-
04
Brendbook
Qoidalar hujjatlashtiriladi, fayllar topshiriladi.
Natija — tugallangan vizual tizim va brendbook. Yangi dizayner kelsa, hujjatni ochadi va shu uslubda davom etadi.
Savol-javob
Faqat logo kerak bo‘lsa-chi?
Bo‘ladi, lekin logo — tizimning bir bo‘lagi. Ko‘pincha logo bilan birga minimal uslub olishni tavsiya qilamiz.
Necha marta tuzatish kiritsa bo‘ladi?
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha 3 marta bepul tuzatish. Amalda kamdan-kam kerak bo‘ladi.
Mavjud brendni yangilash mumkinmi?
Ha, rebrending ham qilamiz — eski taniqli elementlarni saqlagan holda.
Bepul marketing audit
Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.