Marketing strategiya

Reklamaga pul ketyapti, kontent chiqyapti, lekin sotuv o‘smayapti — deyarli har doim sabab bitta: strategiya yo‘q. Biz avval hisoblab chiqamiz, keyin ishga tushamiz.

Bu tanish bo‘lsa

  • Reklama byudjeti ketmoqda, lekin qaysi kanal foyda berayotgani noma’lum
  • Kontent «trend» uchun olinadi, sotuvga bog‘lanmagan
  • Raqobatchilar nima qilayotgani va sizning farqingiz nima — aniq emas
  • Har oy noldan boshlanadi: reja yo‘q, o‘lchov yo‘q

Ishga nima kiradi

  • Bozor va 5–7 raqobatchi tahlili: taklif, narx, kontent, kuchli va zaif tomonlar
  • Maqsadli mijoz portreti: maqsadlari, qo‘rquvlari, e’tirozlari, qaror qabul qilish yo‘li
  • Pozitsiyalash va asosiy taklif (offer) — nega aynan siz
  • Sotuv voronkasi: mijoz birinchi ko‘rishdan to‘lovgacha qanday yo‘l bosadi
  • Kanallar rejasi: qayerga qancha byudjet va nima uchun
  • 6 oylik yo‘l xarita — oy bo‘yicha vazifalar va o‘lchanadigan maqsadlar
  • KPI jadvali: qaysi raqamga qarab natijani baholaymiz

Qanday olib boramiz

  1. 01

    Kirish suhbati

    Biznesingiz, sotuv jarayoni va raqamlaringizni o‘rganamiz.

  2. 02

    Tahlil

    Bozor, raqobat, auditoriya va joriy marketingingiz auditi.

  3. 03

    Strategiya

    Pozitsiyalash, offer, voronka va kanallar rejasi yoziladi.

  4. 04

    Taqdimot

    Hujjatni birga ko‘rib chiqamiz, savollarga javob beramiz.

  5. 05

    Joriy etish

    Rejani biz bajaramiz yoki jamoangizga topshiramiz.

Natija — 30–40 betlik yozma strategiya va yo‘l xarita. Uni bizsiz ham bajarish mumkin: hujjat sizniki bo‘lib qoladi.

Savol-javob

Strategiya qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?

Odatda 10–14 ish kuni. Murakkab bozorlarda 3 haftagacha.

Faqat strategiya buyurtma qilsam bo‘ladimi?

Ha. Ko‘p mijozlar shundan boshlaydi va keyin joriy etishga o‘tadi.

Mening sohamni bilasizmi?

Ta’lim, savdo, xizmat, ko‘chmas mulk va BAD sohalarida ishlaganmiz. Bilmagan sohani tahlil bosqichida o‘rganamiz — usul har bozorga ishlaydi.

Bepul marketing audit

Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Qo‘ng‘iroq Bepul audit