SMM va targeting
Bizning o‘lchovimiz — obunachi soni emas, murojaat soni. Kontent 1 million ko‘rish uchun emas, sotib oladigan odam uchun olinadi.
Bu tanish bo‘lsa
- Instagram yuritilyapti, lekin undan mijoz kelmayapti
- Reels chiqadi, ko‘rish bor — murojaat yo‘q
- Reklama yoqilgan, byudjet ketadi, arizalar qimmatga tushadi
- Kontent olishga vaqt ham, odam ham yo‘q
Ishga nima kiradi
- Oylik kontent-reja: rubrikalar 30% sotuv / 40% foyda / 30% kreativ
- Oyiga 20–30 birlik kontent: post, karusel, Reels, story
- Mobilografiya — suratga olish va montaj bizda
- Sotuvga yozilgan matnlar va hook’lar
- Meta (Instagram, Facebook), Google Ads, Telegram Ads kampaniyalari
- Auditoriya sinovlari: kim, qaysi kreativ, qaysi taklif
- Har haftalik raqamlar va oylik hisobot
Qanday olib boramiz
-
01
Kontent strategiyasi
Rubrikalar, ton, vizual va sotuv nuqtalari belgilanadi.
-
02
Ishlab chiqarish
Suratga olish kuni, montaj, dizayn, matnlar.
-
03
Nashr va reklama
Reja bo‘yicha chiqadi, eng yaxshilari reklamaga qo‘yiladi.
-
04
Optimallashtirish
Har hafta raqam ko‘riladi, ishlamagani to‘xtatiladi.
Natija — bir tekis to‘ldirilgan akkaunt, o‘lchanadigan murojaat oqimi va qaysi kreativ qancha lid berganini ko‘rsatadigan hisobot.
Shu yo‘nalishdagi ishlar
Sabina Academy
O‘quv markaz uchun to‘liq tizim: sayt, CRM, kontent platformasi va Instagram hamda Telegramda 24/7 javob beradigan AI-agentlar.
Sayyora Almetova
Ekspertda bilim va auditoriya bor edi, lekin tizim yo‘q. Brend auditidan boshlab to Reels kontent rejasi va AI-agentgacha — to‘liq yozma tizim.
Savol-javob
Reklama byudjeti narxga kiradimi?
Yo‘q, byudjet alohida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama kabinetiga tushadi. Biz uni boshqaramiz, ustidan foiz olmaymiz.
Suratga olish qayerda bo‘ladi?
Odatda sizning joyingizda, oyiga 1–2 kun. Kerak bo‘lsa studiya tashkil qilamiz.
Natija qachon ko‘rinadi?
Reklamadan birinchi arizalar — 3–7 kun ichida. Organik o‘sish 1–2 oy oladi.
Bepul marketing audit
Biznesingizni ko‘ramiz, lid qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz va nima qilish kerakligini aytamiz. Bepul, majburiyatsiz.